“Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishi yuzasidan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tuzilmoqda va u muzokaralar o‘tkazish uchun yil oxirigacha Afg‘onistonga yuboriladi, deya ma’lum qildi “Gazeta.uz” bilan suhbatda delegatsiya a’zosi, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov.
Surxondaryo hokimi bilan mojarodan so‘ng omma e’tiboriga tushgan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova o‘qituvchilardan birining turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Viloyat hokimi jabrlanuvchining oldiga borib, vaziyatni nazoratga olganini bildirdi.
Sariosiyo tumanidagi maktab direktori ishdan bo‘shatilganini e’lon qilgan Surxondaryo hokimi bilan tortishdi. OAV uning 10 kunga qamoqqa olingani, chiqqanidan keyin yana ushlangani haqida xabar berdi. Maktab ta’limi vaziri direktor hibsdan ozod etilgani va o‘z lavozimida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.
Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Kosimov (Toshkentning sobiq prokurori) Denov tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan birini qamash haqida ko‘rsatma berdi. Hokimlik esa fermerlar kamchiliklarni bartaraf etgani uchun hech kim qamoqqa olinmaganini ma’lum qildi.
Oliy Majlis Senatida Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov saylandi.
2022 yil dekabrdan beri Surxondaryo viloyatini vaqtincha boshqarib kelayotgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Surxondaryoning yangi tayinlangan hokimi Denovda fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda yerlarni paxtaga tayyorlash, shudgor qilish haqida ko‘rsatma bergan. Hokimning topshirig‘i bajaralishi uchun karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalar haydalmoqda. Fermerlar bu holatga ochiq norozilik bildirishdan qo‘rqmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting